"Jirona" klubi Kike Alvaresni bosh murabbiy sifatida e'lon qildi.
Qayd etilishicha, mutaxassis bilan bir mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
Alvares o'tgan ikki mavsum davomida "Jirona B" jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Shuningdek, u "Barselona" akademiyasida faoliyat yuritgan, "Vilyarreal", "Alaves" va "Levante" klublari murabbiylar shtabida ishlagan.
Ma'lumot uchun, "Jirona" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, Segundaga ravona bo'ldi. Yangi mavsumda yana La Ligaga qaytish vazifasini qo'ygan.