Live
2
O'zbek

Oʻzbekistonlik dzyudochilar «Katta Dubulgʻa» turnirida ishtirok etadi

Boshqa sportlar
23 iyun, 11:57
Mukofot jamgʻarmasi 154 000 yevroni tashkil etadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Oʻzbekistonlik dzyudochilar «Katta Dubulgʻa» turnirida ishtirok etadi
Фото: OlympicUz

26-28 iyun kunlari Xitoyning Sindaо shahrida dzyudo boʻyicha navbatdagi «Katta Dubulgʻa» turkumiga kiruvchi turnir boʻlib oʻtadi.

Mukofot jamgʻarmasi 154 000 yevroni tashkil etuvchi musobaqada 58 davlatdan jami 521 nafar dzyudochi medallar hamda Los-Anjeles-2028 yoʻlidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.

Murabbiylar shtabi tomonidan Oʻzbekiston jamoasining Sindaoga yoʻl oladigan tarkibi tasdiqlandi.

Erkaklar:
-60 kg: Samariddin Qoʻchqorov, Bahrom Boturov
-66 kg: Abdurahim Nufullayev, Dilshod Hamroyev
-73 kg: Shahram Ahadov, Elbek Tojiyev
-81 kg: Arslon Tojiyev, Murodjon Yoʻldoshev
-90 kg: Davlat Bobonov, Nurbek Murtazoyev
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev

Ayollar:
-48 kg: Laziza Haydarova, Sevinch Murodova
-52 kg: Sita Qadambayeva, Mukhayyo Akhmatova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Marjona Nurullayeva
-70 kg: Khurshida Razzoqberdiyeva, Shirinjon Yoʻldosheva
-78 kg: Barchinoy Qodirova, Marjona Koʻchimova
+78 kg: Irishon Qurbonboyeva, Umida Niqmatova

Bugungi yangiliklar