Live
1
O'zbek

Kannavaro: "Barcha chiziqlarda yuqori saviyadagi o'yinchilarga ega jamoaga qarshi o'ynash qiyin"

Futbol
23 iyun, 16:14
O‘zbekiston milliy jamoasi ustozi Portugaliyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Kannavaro: "Barcha chiziqlarda yuqori saviyadagi o'yinchilarga ega jamoaga qarshi o'ynash qiyin"
Фото: ЎФА
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 5 : 0 O‘zbekiston O‘zbekiston

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi JCH-2026ning 2-turidan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Albatta, jahon chempionatidagi ilk ishtirok oson bo‘lmasligi tabiiy. Qur'a natijalari chiqqanidan so‘ng Kolumbiya va Portugaliyani ko‘rib, bizni juda qiyin guruh kutayotganini kutgandik.

Kolumbiyaga qarshi o‘yindan keyin ham jamoamdan faxrlanishimni aytgandim, bugun ham jamoam bilan faxrlanaman. Chunki ularni ko‘rdim. Ha, qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim bo‘lishmadi.

Albatta, barcha chiziqlarda yuqori saviyadagi futbolchilarga ega jamoaga qarshi o‘ynash doim qiyin. Shubhasiz, ular juda katta motivatsiya bilan maydonga tushishgan edi. Biroq aytganimdek, bu jahon chempionati biz uchun tajriba», — deya Kannavaroning so‘zlaridan keltiradi OFA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi guruhning so‘nggi 3-turida Kongo DRga qarshi o‘ynaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar