Bugun
6
O'zbek

Penya "Panathinaikos"ga o'tmoqda (Romano)

Futbol
23 iyun, 16:41
Inaki Afina jamoasi bilan shartnomasi 2029 yil iyuniga qadar mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Penya "Panathinaikos"ga o'tmoqda (Romano)
Фото: Getty Images

"Barselona" darvozaboni Inaki Penya faoliyatini Gretsiyada davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ispan 27 yoshli kiper "Panathinaikos" bilan kelishuvga erishgan. U Panathinaikos FC safiga o'tish arafasida. Bitim qiymati taxminan 3 million yevroni tashkil etadi.

Inaki Afina jamoasi bilan shartnomasi 2029 yil iyuniga qadar mo'ljallangan.

Penya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va klubning barcha yosh toifalaridan o'tgan. U asosiy jamoada 2021 yilda debyut qilgan. O'tgan mavsumni "Elche"da ijara asosida o'tkazgandi.

Ma'lumot uchun, "Panathinaikos" o'tgan Gretsiya chempionatida 4-o'rinni egallab, Yevropa Konferentsiyalar ligasi saralash bosqichiga yo'llanma olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Panathinaikos Panathinaikos
Bugungi yangiliklar