"Marsel" va Argentina milliy jamoasi himoyachisi Leonardo Balerdining "Bayer"ga o'tishi amalga oshmay qoldi. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Fransiya klubi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan va UEFA sanksiyalaridan qochish uchun ayrim futbolchilarni sotishga majbur.
Klub yaqin mavsumda evrokuboklardan chetlatilmadi, ammo kelasi yozga qadar moliyaviy holatni barqarorlashtirmasa, xalqaro musobaqalardan mahrum bo'lishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, leverkuzenliklar argentinalik himoyachi uchun 25 million yevro va qo'shimcha bonuslar taklif qilgan. Biroq Balerdi jamoasini tark etishga shoshilmagan.
Bundan tashqari, uning jarohati ham ushbu transferni amalga oshishiga to'siq bo'lgan.