Live
1
O'zbek

"Bavariya" Laymer bilan yangi shartnoma imzolash arafasida

Futbol
23 iyun, 17:00
Avstriyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Bavariya" Laymer bilan yangi shartnoma imzolash arafasida
Фото: Getty Images

"Bavariya" klubi yarimhimoyachi Konrad Laymer bilan yangi shartnoma rasmiylashtirishni yakunlash arafasida.

Avstriyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan. Hozirda tomonlar yangi bitim bo'yicha mayda detallarga kelishib olmoqda va yaqin kunlarda rasmiy e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Laymer 2023 yildan buyon "Bavariya" safida to'p tepadi. O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 47 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 13 ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" o'tgan mavsumda Germaniyada Bundesliga va kubok sohibiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar