Meksika milliy jamoasi darvozaboni Gilermo Ochoa JCH–2026 guruh bosqichi doirasida Chexiyaga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Bu bellashuv 25 iyun kuni Meksikada boʻlib oʻtadi. Aynan shu bellashuv 40 yoshli posbon uchun ushbu bahs jahon chempionatlari doirasidagi soʻnggi oʻyin boʻlishi mumkin.
Ochoa oʻz maydonida muxlislar oldida xayrlashuv oʻyinini oʻtkazish imkoniga ega boʻladi.
Qayd etilishicha, ushbu mundial Ochoa uchun faoliyatidagi oltinchisi hisoblanadi. Bu esa futbol tarixidagi rekord natija boʻlib, u Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan bir qatorda turadi.
Umuman olganda, darvozabon Meksika milliy jamoasi safida 153 ta oʻyinda ishtirok etgan.