Bugun
6
O'zbek

«Tottenhem» Pas uchun 60 mln yevro to‘lashga tayyor

Futbol
23 iyun, 16:53
Argentinalik yarimhimoyachi Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Tottenhem» Pas uchun 60 mln yevro to‘lashga tayyor
Foto: Getty Images

Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

«Komo» klubining argentinalik yarimhimoyachisi Nikolas Pas faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Manbaning yozishicha, «Tottenhem» Madridning «Real» klubi Pasni «Komo»dan qayta sotib olish huquqidan foydalanib, so‘ngra uni 60 million yevroga sotib yubormoqchi ekanligidan xabardor. Londonliklar vaziyatdan foydalanib qolishga tayyorlar va transferni amalga oshirish yo‘llarini o‘rganib chiqishmoqda.

Avvaliga «qaymoqranglilar» Nikoni sotib olib, unga asosiy jamoada imkon berishni niyat qilgandi, ammo Joze Mourinio bosh murabbiy bo‘lgach, vaziyat o‘zgardi. Portugaliyalik mutaxassis Pasning iqtidorini yuqori baholaydi, ammo futbolchi o‘zining tizimiga mos tushmaydi, deb hisoblaydi.

O‘tgan mavsumda Pas barcha musobaqalarni inobatga olganda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar