Live
1
O'zbek

Ronaldu Portugaliya — O‘zbekiston uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
23 iyun, 15:41
41 yoshli forvard bellashuvda dublga erishdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Ronaldu Portugaliya — O‘zbekiston uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Фото: Getty Images
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 5 : 0 O‘zbekiston O‘zbekiston

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu O‘zbekistonga qarshi (5:0) o‘yindan so‘ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

41 yoshli forvard bellashuvda dubl qayd etdi va jamoasining ilk g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Shuningdek, mundiallardagi gollari sonini 10 taga yetkazdi.

Ma’lumot o‘rnida, 2-turdan so‘ng Portugaliya milliy jamoasi 4 ochko to‘plagan holda K guruhida peshqadam bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi esa birorta ochko to‘play olmagan holda guruhda so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar