Portugaliya milliy jamoasi forvard Krishtianu Ronaldu Oʻzbekistonga qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
«Juda baxtliman. Ammo men uchun eng muhimi — bu bizning ishimiz va maydonda namoyon qilgan ishonchimiz. Jamoa haqiqatan ham yaxshi oʻyin koʻrsatdi va sezilarli darajada oʻsdi. Har bir qiyinchilik ortida imkoniyat bor. Albatta, shaxsiy rekordlar yoqimli, ammo mening asosiy maqsadim — milliy jamoaga oʻz oldiga qoʻygan vazifalarga erishishda yordam berish», — deydi futbolchi FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Maʼlumot uchun, Ronaldu ushbu bahsda 6 va 39-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi. Shu orqali u Portugaliya milliy jamoasi tarixida jahon chempionatlaridagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi — uning hisobida 10 ta gol mavjud.