Bugun
6
O'zbek

Ronaldu ketma-ket 6ta JChda gol urgan ilk futbolchiga aylandi

Futbol
23 iyun, 13:51
Uning mundialdagi gollari soni 10 taga yetdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Ronaldu ketma-ket 6ta JChda gol urgan ilk futbolchiga aylandi
Фото: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu O‘zbekiston ga qarshi bahsda gol urdi.

Shu tariqa, 41 yoshli futbolchi uchun bu jahon chempionatlarida gol urgan oltinchi turnir bo‘ldi.

U qatorasi oltinchi mundialda gol urgan birinchi futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

Portugaliyalik yulduz 2006 yildagi jahon chempionatida oltita o‘yinda bir gol urgan. 2010 yildagi mundialda to‘rtta uchrashuvda bir bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. 2014 yildagi turnirda uch o‘yinda bir gol muallifi bo‘lgan.

Rossiyada o‘tgan 2018 yildagi jahon chempionatida Ronaldu to‘rtta bahsda to‘rtta gol urgan bo‘lsa, 2022 yildagi mundialda besh o‘yinda bir marta gol kiritgan.

Bugungi yangiliklar