Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu O‘zbekistonga qarshi bahsda hisobni ochdi.
Bellashuvning 6-daqiqasida u qanotdan uzatilgan to‘pni Abduvohid Ne‘matov darvozasiga joylab qo‘ydi.
Shu tariqa, 41 yoshli futbolchi faoliyatidagi 974-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Ronaldu 1000lik tomon yana bir qadam tashladi.
JCh-2026. 2-tur
Portugaliya – O‘zbekiston 1:0
Gol:Ronaldu 6
Portugaliya – Koshta, Kanselu, Diash, Veiga, Mendesh, Vitinya, Nevesh, Fernandesh, Netu, Feliks, Ronaldu.
O‘zbekiston – Abduvohid Ne'mato, Abduqodir Husonov, Rustam Ashurmatov, Otabek Shukurov, Behruz Karimov, Sherzod Nasrulloyev, Abdulla Abdullaev, Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniyev, Abbosbek Fayzullayev, Eldor Shomurodov.