«Arsenal» va Uels milliy jamoasining sobiq futbolchisi Aaron Remsi «Oksford Yunayted» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
«Men uchun «Oksford Yunayted» bosh murabbiyiga aylanish katta sharaf. Klub vakillari bilan muzokaralar davomida ularning ambitsiyasi va muvaffaqiyatga intilishini his qildim — bu menda katta ilhom uyg'otdi.
Men bu bosqichga yillar davomida tayyorgarlik ko'rdim. Faoliyatim davomida eng yaxshi murabbiylar qo'l ostida o'ynadim va yuqori bosim sharoitida tajriba orttirdim. Endi shu tajribamni jamoaga professionallik va mehnatsevarlik madaniyatini olib kirish uchun ishlatmoqchiman.
Bu lavozim mas'uliyatini yaxshi tushunaman va ishni boshlashni, futbolchilar hamda muxlislar bilan uchrashib, birgalikda yutuqlarga erishishni intiqlik bilan kutyapman», — deydi Remsi klub matbuot xizmati orqali.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, «Oksford Yunayted» Chempionshipdan quyi ligaga tushib ketgandi.