Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu O‘zbekiston ga qarshi bahsda dublga erishdi.
Bellashuvning 6-daqiqasida u qanotdan uzatilgan to‘pni Abduvohid Ne‘matov darvozasiga joylab qo‘ydi. 37-daqiqada ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, 41 yoshli futbolchi jahon chempionatlaridagi gollari sonini 10 taga yetkazdi.
JCh-2026. 2-turning o‘yini
Portugaliya – O‘zbekiston 3:0
Gollar: Ronaldu 6, 37, Mendesh 17