Bugun
6
O'zbek

Infantino Ronalduni tarixiy rekord bilan tabrikladi

Futbol
23 iyun, 16:32
Krishtianu oltita mundialda gol urgangan ilk futbolchiga aylandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Infantino Ronalduni tarixiy rekord bilan tabrikladi
Фото: Getty Images
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 5 : 0 O‘zbekiston O‘zbekiston

FIFA prezidenti Janni Infantino Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronalduni Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda oʻrnatgan tarixiy natijasi bilan tabrikladi.

Mazkur uchrashuvda dubl qayd etgan 41 yoshli forvard jahon chempionatlari tarixida olti turli mundialda gol urgangan ilk futbolchiga aylandi (2006, 2010, 2014, 2018, 2022, 2026).

«Krishtianu Ronalduni olti jahon chempionatida gol urgani bilan tabriklayman. Turnirning qolgan oʻyinlarida unga omad tilayman», — deb yozdi Infantino oʻz ijtimoiy tarmoqlarida.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston darvozasiga kiritilgan ikki gol orqali Ronaldu nafaqat noyob rekord oʻrnatdi, balki Portugaliya milliy jamoasi safida jahon chempionatlaridagi eng yaxshi toʻpurariga aylanish orqali afsonaviy Eusebioni ham ortda qoldirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar