Jahon chempionati K guruhi 2-tur doirasidagi Kolumbiya - Kongo DR o‘yini yakunlandi.
Bahs taqdirini 76-daqiqada Deniyel Munios tomonidan kiritilgan to‘p hal qildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro shogirdlari 3-turda Kongo DRga qarshi maydonga tushadi.
JCH-2026. 2-tur
Kolumbiya — Kongo DR 1:0
Gol: Deniyel Munios (76)
Kolumbiya: Vargas, Munios, Sanchez, Lukumi, Mohika, Puerta, Lerma, Arias (Rios 78), Rodrigez (Kintero 58) 25. Suarez (Kordoba 58) Diaz.
Kongo DR: Mpasi-Nzau, Bakambu (23. Banza, 58), Vissa, Kayembe (Pikel, 72) Mutussami (Mbuku 82), Mukau (Sadiki 46), Masuaku (Kayembe, 72) Kapuadi, Tuanzebe, Mbemba, Van-Bissaka
Ogohlantirishlar: Lukumi (56), Lerma (90+4) — Pikel (90+3).