Portugaliya milliy jamoa sardori Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveyru jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi O‘zbekistonga qarshi o‘yindan so‘ng, xeyterlarga yuzlandi.
«U qarib qoldi va maydonda foydasi tegmayapti, degan to‘tiqushlar qani? Krishtianu maydonda to‘tiqushlarni jim bo‘lishga majbur qildi», - deb fikr bildirdi Aveyru ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali.
O‘zbekistonga qarshi bahsda 41 yoshli Krishtianu dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, aynan Ronaldu o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, 2-turdan keyin Portugaliya milliy jamoasi 4 ochko bilan guruhda yetakchilik qilmoqda.
Oxirgi turda Portugaliya 28 iyun kuni Kolumbiya bilan ro‘baro‘ kelsa, O‘zbekiston uchinchi o‘rin uchun Kongo DR bilan bellashadi.