Bugun
7
O'zbek

Rays: «Guruhda birinchi o‘rinni egallash uchun yaxshi imkoniyatga egamiz»

Futbol
24 iyun, 03:19
Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Ganaga qarshi bahsdan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Rays: «Guruhda birinchi o‘rinni egallash uchun yaxshi imkoniyatga egamiz»
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasi a’zosi Deklan Rays jahon chempionati-2026 guruh bosqichi 2-tur doirasidagi Gana bilan o‘yindan keyin fikrlarini bildirdi.

«Panamaga qarshi bahsdan so‘ng, guruhda birinchi o‘rinni egallash uchun hali ham katta imkonitlarimiz bor. Shu sababli kayfiyatimiz yomon emas. Gana 5-4-1 taktik sxemasi orqali juda zich himoyalandi, bo‘sh hududlar juda ham kam edi. Ammo boshqa tomondan bizning o‘zimiz ham oldinda yanada yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi», - dedi Deklan Rays o‘yin yakunlangach.

Eslatib o‘tamiz, Angliya - Gana o‘yinida hisob ochilmadi (0:0). Oxirgi turda inglizlar 28 iyun kuni Panama milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
Bugungi yangiliklar