FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati-2026 musobaqasining muvaffaqiyatlariga e’tibor qaratdi. Mundialning dastlabki 44 o‘yinidan keyin stadionlarga muxlislarning o‘rtacha tashrifi 99,6%ni tashkil qilmoqda.
«Bu aqlga sig‘maydi. Yer yuzi ko‘rgan eng yirik voqealardan biri — bu shunchaki futbol musobaqasi emas, balki tom ma’nodagi voqelik hisoblanadi. Bu tarixdagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan biri. Stadionlar, shaharlar muxlislar bilan to‘lgan. Muhit ajoyib.
Juda ko‘plab oilalar, bolalar va ayollar tashrif buyurmoqda, bu chindan ajoyib holat. Men stadionlarga tashrif buyurayotgan muxlislardan juda ham minnatdorman», — deya Infantino so‘zlaridan iqtibos keltirdi FIFA rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundial 19-iyulgacha davom etadi.