Bugun
7
O'zbek

Mourinyo «Real»ning asosiy taktik sxemasini tanladi

Futbol
24 iyun, 05:40
Mbappe markaziy hujumchi sifatida harakat qilishi kutilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Mourinyo «Real»ning asosiy taktik sxemasini tanladi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yangi mavsum uchun ustuvor taktik sxemani belgilab oldi.

The Athletic xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis 2026/27 yilgi mavsumda asosan 4-2-3-1 sxemasidan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Mazkur joylashuvda Kilian Mbappe markaziy hujumchi sifatida o‘ynaydi. Bu esa Vinisius Juniorga o‘zining eng qulay pozitsiyasi — chap qanot vingeri sifatida harakat qilish imkonini beradi.

O‘tgan mavsumda madridliklar turli taktik sxemalardan foydalangan bo‘lsa-da, eng ko‘p 4-4-2ning turli ko‘rinishlari qo‘llanilgan. Unda Mbappe va Vinisius hujum chizig‘ida birgalikda harakat qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo iyun oyining boshida «Real» bosh murabbiyi etib tayinlangan. Portugaliyalik mutaxassis Madrid klubi bilan 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Uning asosiy vazifalaridan biri jamoani Yevropa va Ispaniya futbolidagi yetakchi pozitsiyaga qaytarish hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar