«Chelsi» «Atalanta» futbolchisi Marko Palestra transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, bitimning barcha ishtirokchilari o‘rtasida og‘zaki kelishuv mavjud. «Atalanta» ushbu transferdan 55 million yevrodan ortiq mablag‘ va keyingi sotuvdan ulush oladi.
Palestra London klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchiga Milaning «Inter» klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan, biroq «Chelsi» so‘nggi pallada transfer poygasida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Marko Palestra asosan o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida harakat qiladi va Yevropaning istiqbolli yosh futbolchilaridan biri sifatida baholanmoqda.