Bugun
7
O'zbek

Mourinyo «Real»da kimlarga ishonmasligini aniqlab oldi

Futbol
24 iyun, 07:30
Portugaliyalik murabbiy tarkibdagi bir qator futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Mourinyo «Real»da kimlarga ishonmasligini aniqlab oldi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoada kelajagi mavhum bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini shakllantirdi.

Jurnalist Mario Kortexananing xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis chap qanot himoyachilari Ferlan Mendi, Fran Garsiya va Alvaro Karrerasni o‘z rejalariga kiritmagan. Biroq Karrerasning jamoada qolish ehtimoli yuqoriroq ekani aytilmoqda.

Shuningdek, Mourinyo markaziy himoyachi Raul Asensioga ham ishonmayapti. Futbolchining o‘zi esa klubni tark etishni istamayapti.

Manbaga ko‘ra, yarimhimoyachi Eduardo Kamavinga ham murabbiyni to‘liq ishontira olmagan. Fransiyalik futbolchi ham jamoani almashtirish niyatida emas.

Bundan tashqari, Orelyen Tchuameni transferi ham istisno qilinmayapti. Yarimhimoyachiga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ayni paytda Federiko Valverde «Real» uchun daxlsiz futbolchilardan biri bo‘lib qolmoqda va uning transferi kun tartibida yo‘q.

Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo ushbu yozda «Real»dagi yangi loyihani shakllantirish ustida ishlamoqda. Klub rahbariyati tarkibni yangilash va murabbiyning talablariga moslashtirish uchun transfer bozorida faol bo‘lishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar