Bugun
7
O'zbek

Budimir Xorvatiya tarixidagi rekordni yangiladi

Futbol
24 iyun, 07:46
Tajribali hujumchi mundialdagi gol mualliflari orasida eng yoshi kattasiga aylandi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Budimir Xorvatiya tarixidagi rekordni yangiladi
Foto: Getty Images
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Panama Panama 0 : 1 Xorvatiya Xorvatiya

Xorvatiya milliy jamoasi hujumchisi Ante Budimir Jahon chempionati tarixidan joy olgan rekordni yangiladi.

Panama milliy jamoasiga qarshi guruh bosqichining 2-tur bahsida yagona gol muallifiga aylangan Budimir Xorvatiya tarixidagi eng yoshi katta gol urgan futbolchi bo‘ldi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi bu natijani 34 yosh-u 337 kunligida qayd etdi. Shu tariqa u 2014 yilgi Jahon chempionatida Ivitsa Olich o‘rnatgan rekordni ortda qoldirdi. Olich o‘sha paytda 34 yosh-u 277 kunligida gol urgandi.

Budimirning goli Xorvatiyaga Panama ustidan 1:0 hisobidagi muhim g‘alabani taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, Xorvatiya milliy jamoasi ikki turdan keyin 3 ochko bilan L guruhida uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa pley-off yo‘llanmasi taqdirini hal qiladigan so‘nggi turda Gana milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bahs 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Panama Panama
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar