Bugun
7
O'zbek

5 milliy jamoa Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan muddatidan oldin mahrum bo‘ldi

Futbol
23 iyun, 22:51
Panama milliy jamoasi keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini yo‘qotdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
5 milliy jamoa Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan muddatidan oldin mahrum bo‘ldi
Foto: Getty Images
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Panama Panama 0 : 1 Xorvatiya Xorvatiya

Panama milliy jamoasi guruh bosqich 2-tur doirasida Xorvatiyaga minimal hisobda imkoniyatni boy berishdi. O‘yin taqdirini 54-daqiqadagi Ante Budimirning goli hal qildi.

Natijada Panama mundialni tark etishi ikkinchi turdan keyinoq aniq bo‘lgan 5-jamoaga aylandi. Avvalroq Haiti, Turkiya, Tunis va Iordaniya milliy jamoalari pley-off bosqichiga chiqa olmasliklari muddatidan avval aniq bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Panama xuddi shu hisobda Ganaga yutqazgandi.

Ma’lumot uchun, L guruhida 4 ochko jamg‘argan Angliya milliy jamoasi faqatgian qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga Ganani ortda qoldirib, yetakchilikni saqlab qolmoqda. Uchinchi o‘rinda esa Xorvatiya milliy jamoasi joylashgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Panama Panama
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar