Jahon chempionati L guruhida Panama - Xorvatiya o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Torontodagi «Bi-Em-O Fild» stadionidagi bahs taqdirini Ante Budimirning aniq zarbasi hal qildi. Futbolchi 54-daqiqadagi harakati bilan Xorvatiyaga g‘alaba va muhim 3 ochkoni keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, 1-turda Panama Ganaga 0:1 hisobida, Xorvatiya esa Angliya milliy jamoasiga — 2:4 imkoniyatni boy bergandi.
AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundial 19-iyulgacha davom etadi.