Jahon chempionati guruh bosqichi 2-tur doirasida Angliya - Gana o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bellashuvda inglizlar safida Jud Bellinghem asosiy tarkibda maydonga tushib, 74-daqiqada o‘rnini Morgan Rojersga bo‘shatib berdi.
Ushbu bahs Jud uchun milliy jamoa libosidagi 50-o‘yin bo‘ldi.
Opta mutaxassislarining ma’lumotiga ko‘ra, Bellinghem Angliya milliy jamoasi safida 50 va undan ortiq o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Jud «uch sherlar» safidagi 50-bahsini 22 yosh va 359 kunligida o‘tkazdi. Natijada Ueyn Runining rekordi yangilandi. Sobiq hujumchi 23 yosh va 159 kunligida yubiley o‘yinini o‘tkazgan edi.