Bugun
7
O'zbek

Kongo DR darvozaboni so‘nggi 28-yildagi jahon chempionati rekordini o‘rnatdi

Futbol
24 iyun, 01:22
Darvozabon Lionel Mpasi-Nzau mundiallar tarixiga kirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Kongo DR darvozaboni so‘nggi 28-yildagi jahon chempionati rekordini o‘rnatdi
Foto: Getty Images
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Kolumbiya Kolumbiya 1 : 0 Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi

Kongo DR darvozaboni Lionel Mpasi-Nzau jahon chempionati-2026 guruh bosqichi 2-tur doirasidagi Kolumbiyaga qarshi o‘yin startini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

31 yoshli darvozabon dastlabki 20 daqiqada 5 ta zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Opta portalining ma’lumotiga ko‘ra, kongolik kiper mundial bahsining dastlabki 20 daqiqasida 5 ta seyv amalga oshirgan oxirgi 28-yildagi birinchi darvozabonga aylandi. Oxirgi marta bunday natijaga yamaykalik Uorren Barret 1998 yilgi jahon chempionati doirasidagi Argentinaga qarshi mashhur o‘yinda erishgan.

Ma’lumot uchun, Lionel Mpasi Kolumbiya bilan o‘yinda baribir o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi – ikkinchi bo‘limda Muniosning aniq zarbasi kolumbiyaliklarga g‘alabani taqdim etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar