Ikkinchi turda O‘zbekiston milliy jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushdi (5:0).
Final hushtagi yangraganidan so‘ng, «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.
E’tiborlisi, uning yoniga birinchilardan bo‘lib endilikda sobiq jamoadoshi Bernardu Silva yetib kelib, o‘zbekistonlik futbolchini ovutishga urindi.

Eslatib o‘tamiz, 2-turdan keyin 4 ochko jamg‘argan Portugaliya guruhda yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston hozir ochko to‘play olmadi, ammo pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlari hali yo‘qotilmadi.
Ma’lumot uchun, oxirgi turda Portugaliya 28 iyun kuni Kolumbiya bilan ro‘baro‘ kelsa, O‘zbekiston uchinchi o‘rin uchun Kongo DR bilan bellashadi.