Mashhur sobiq himoyachi afrikaliklarning o‘yin uslubini tanqid qildi.
Gana milliy jamoasi asosiy e’tiborini himoyaga qaratib, durangni saqlab qolishga urindi. Jamoa raqib darvozasi tomon bor yo‘g‘i 2 bor zarba berdi.
«O‘ylashimcha, Ganada yaxshi jamoa bor, shu sababli chuqur himoyaga o‘tib olish va past blokda himoyalanishning hojati yo‘q edi. Keyingi bosqichga chiqishni istasangiz, bunday o‘ynab bo‘lmaydi. Sizda faolroq harakat qilish uchun, dadilroq o‘yin ko‘rsatish uchun ijrochilar yetarli», – deya Terri so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Touchline.
Eslatib o‘tamiz, Anglii va Gana milliy jamoalari 2-turdan keyin 4 ochkodan jamg‘arib, amalda keyingi bosqich masalasini hal qildi. Tomas Tuxel shogirdlari qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga guruhda yetakchilik qilmoqda.