Bugun
6
O'zbek

Ochoa mundiallardagi ishtirok bo‘yicha Ronaldu va Messining rekordini takrorladi

Futbol
24 iyun, 23:20
40 yoshli posbon o‘zining oltinchi jahon chempionatida zahiradan maydonga tushirildi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Ochoa mundiallardagi ishtirok bo‘yicha Ronaldu va Messining rekordini takrorladi
Foto: Getty Images
24.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Chexiya Chexiya 0 : 3 Meksika Meksika

Meksika milliy jamoasi darvozaboni Gilermo Ochoa 2026 yildagi jahon chempionati doirasidagi Chexiyaga qarshi bahs (3:0)da maydonga tushdi.

40 yoshli posbon o‘yinning 78-daqiqasida zahiradan maydonga tushdi. U uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Raul Rangel o‘rnini egalladi.

2025/2026 yilgi mavsumda Kiprning AEL klubi safida to‘p tepgan darvozabon uchun bu faoliyatidagi oltinchi jahon chempionati bo‘ldi. Qayd etish lozim, u 2006 va 2010 yilgi mundiallarda jamoa qaydnomasi tarkibidan joy olgan bo‘lsa-da, maydonga tushmagandi.

Ma'lumot o‘rnida, Gilermo Ochoa ushbu turnirdan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlaydi. Jahon chempionatlarida ishtirok etish bo‘yicha yana ikki rekordchi esa Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chexiya Chexiya
  • Meksika Meksika
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar