Live
2
O'zbek

FIFA Qatar futbolchisini 5 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi

Futbol
24 iyun, 17:41
Assim Osiyo kubogida ham qatarliklarga yordam bera olmaydi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
FIFA Qatar futbolchisini 5 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi
Фото: Getty Images

Qatar milliy jamoasi yarim himoyachisi Assim Madibo Kanada futbolchisi Ismoil Konega nisbatan qo'pol harakati uchun besh o‘yinga chetlatildi. Bu haqda FIFA tartib-intizom qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kone oyog‘ini sindirib olgan va jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga to‘g‘ri kelgandi. Bu bahsda esa Modibo maydondan chetlatilgandi.

Bu holat bo‘yicha Assim raqibidan uzr so‘ragan va operatsiyadan so‘ng uni ko‘rish uchun shifoxonaga borgan.

Shu tariqa, Madibo Osiyo kubogi-2027da ham Qatar milliy jamoasi ishtirokidagi 4 ta o‘yinni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo vakili jahon chempionatining 3-turida Bosniyaga yutqazib, B guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi.

Bugungi yangiliklar