Bugun
7
O'zbek

Palestra "Chelsi"da qancha maosh olishi ma'lum

Futbol
24 iyun, 19:03
Uning bergamoliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Palestra "Chelsi"da qancha maosh olishi ma'lum
Фото: Getty Images

"Atalanta" himoyachisi Marko Palestra "Chelsi" jamoasiga o'tishga juda yaqin turibdi.

Jurnalist Luka Cherkionening xabar berishicha, futbolchining London klubidagi birinchi mavsumdagi ish haqi haftasiga 100 ming funt sterlingni tashkil qiladi.

Agar "ko'klar" yangi — 2026/27 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olishsa, italiyalik himoyachining maoshi avtomatik tarzda haftasiga 140 ming funt sterlinggacha ko'tariladi.

Ma'lumot uchun, Palestra yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumni ijara asosida "Kalyari" safida o'tkazdi. Uning bergamoliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar