Live
2
O'zbek

JCH-2026. Shveytsariya Kanadani mag'lub etib, guruhni peshqadam sifatida yakunladi

Futbol
24 iyun, 16:59
Bosniya esa Qatar ustun keldi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
JCH-2026. Shveytsariya Kanadani mag'lub etib, guruhni peshqadam sifatida yakunladi
Фото: Getty Images

Jahon chempionati guruh bosqichida 3-tur o'yinlari start oldi. B guruhida Shveytsariya (7, 1-o'rin) mezbonlardan biri bo'lgan Kanadani (4, 2-o'rin) 2:1 hisobida mag'lub etdi.

3-o'rin uchun kechgan bellashuvda Bosniya (4, 3-o'rin) esa Qatardan (1, 4-o'rin) ustun keldi. Bu bahsda Jeko milliy jamoa safida 150-bellashuvini o'tkazdi.

JCH-2026. B guruhi. 3-tur
Shveytsariya — Kanada 2:1
Gol:
Vargas 46, Manzambi 57 – Devid 76
Shveytsariya — Kobel, Jake, Elvedi, Akanji, Rodriges, Freyler, Jaka, Manzambi, Sou, Vargas, Embolo.
Kanada — Krepo, Jonston, de Fugerolles, Kornelius, Lareyya Byukenen, Shuanier, Saliba, Ahmad, Devid, Larin.


Bosniya va Hersegovina — Qatar 3:1
Gollar:
Alaibegovich 29, Al Burayk 34 avtogol, Mahmich 80 - Haydos 43
Bosniya va Hersegovina — Vasil, Radelich, Katich, Malich, Kolashinats, Bayraktarevich, Shunich Bashich, Alaibegovich, Demirovich, Jeko.
Qatar — Abunada, Pedro, Huhi, Laye, Al Burayk, Abdulsalom, Fathi, Budiaf, Al Haydos, Edmilson, Afif.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar