Bugun
7
O'zbek

Yevropaning 4 ta klubi Soule uchun kurashmoqda

Futbol
24 iyun, 15:31
Rim klubi argentinalik futbolchini sotib yuborishga tayyor.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Yevropaning 4 ta klubi Soule uchun kurashmoqda
Фото: Getty Images

«Roma» vingeri Matias Soule yozgi transfer vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «Bornmut», «Borussiya D», «Aston Villa» va «Bayer» jamoalari argentinalik 23 yoshli futbolchiga qiziqmoqda.

O'z navbatida «bo'rilar» Souleni sotishga tayyor. Ammo klub uning transferidan 40 million yevro ishlab olmoqchi.

O'tgan mavsumda Soule «Roma» safida barcha turnirlarda jami 42 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 7 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.

Rim klubi A Seriyada 3-o'rinni egallab, keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Bugungi yangiliklar