"Marsel" vingeri Meyson Grinvud faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Republica nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "bo'rilar" angliyalik 24 yoshli futbolchi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. "Roma" Grinvudni sotib olish uchun 75 million yevro sarflashga tayyor.
Biroq hozirda rimliklar Fransiya klubiga faqat 20 million yevroni o'tkazishni xohlamoqda, qolgan 55 millionning to'lovini esa ikki yoki uch yilga bo'lib to'lashni taklif qilmoqda.
Futbolchining o'zi esa yangi jamoasida yiliga 5 million yevro atrofida maosh olishi mumkin.
O'tgan mavsumda Grinvud barcha turnirlarda 45 ta o'yinda ishtirok etib, 26 ta gol urdi hamda 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.