Bugun
7
O'zbek

"Tottenhem" va "Lion" Devidga da'vogarlik qilmoqda

Futbol
24 iyun, 16:09
Jonatan jahon chempionatidan so'ng kelajagi borasida yakuniy qarorga keladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Tottenhem" va "Lion" Devidga da'vogarlik qilmoqda
Фото: Getty Images

"Yuventus"ning hujumchisi Jonatan Devid yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "zebralar" kanadalik 26 yoshli futbolchini qo'yib yuborishga qarshi emas. Klub Devidning transferidan kamida 30 million yevro istamoqda.

Futbolchining xizmatiga "Tottenhem" va "Lion" jamoalari tomonidarn qiziqish bo'lmoqda.

Qayd etilishicha, Jonatan jahon chempionatidan so'ng kelajagi borasida yakuniy qarorga keladi.

O'tgan mavsumda Devid barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta assistni qayd etgan.

Bugungi yangiliklar