JCH-2026 guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Jazoir va Avstriya milliy jamoalari o‘rtasidagi bahsni O‘zbekiston hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
FIFA e’lon qilgan tayinlovlarga ko‘ra, uchrashuvning bosh hakami sifatida Ilgiz Tantashev ishlaydi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.
To‘rtinchi rasmiy hakam vazifasini meksikalik Katia Garsia bajaradi. Zaxira assistent hakam sifatida esa Sandra Ramires faoliyat yuritadi.
Bahs 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da AQSHning Kanzas-Siti shahridagi stadionda bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Ilgiz Tantashev va uning jamoasi bungacha Shotlandiya - Marokash bahsini boshqargan edi.