Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa futboli tarixida yangi rekord o‘rnatdi.
JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi bahsda dubl qayd etgan Ronaldu yirik xalqaro turnirlardagi seriyasini davom ettirdi. Ushbu mundial portugaliyalik futbolchi gol urgan 11-yirik turnirga aylandi.
Shu tariqa Ronaldu Jahon chempionatlari va Yevropa chempionatlari tarixida 11 ta turli turnirda gol urgan ilk yevropalik futbolchi bo‘ldi.
Bu boradagi avvalgi natija Yurgen Klinsmann, Miroslav Kloze va Jerdan Shakiriga tegishli edi. Ularning har biri 6 tadan yirik turnirda gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu O‘zbekistonga qarshi bahsda ikkita gol urib, Portugaliya milliy jamoasining 5:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ma’lumot uchun, 41 yoshli Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida Yevro-2004, Yevro-2008, Yevro-2012, Yevro-2016, Yevro-2020, Yevro-2024 hamda JCH-2006, JCH-2010, JCH-2014, JCH-2018 va JCH-2026 turnirlarida Portugaliya milliy jamoasi safida gol urishga erishgan.