Live
1
O'zbek

Kuyt «Fenerbahche»ga qaytdi

Futbol
24 iyun, 11:35
Klub afsonasi murabbiylar shtabidan joy oldi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kuyt «Fenerbahche»ga qaytdi
Foto: Getty Images

Niderlandiyalik sobiq hujumchi Dirk Kuyt rasman Istanbulning «Fenerbahche» klubiga qaytdi.

Klub matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Kuyt jamoa bosh murabbiyi Ismoil Kartalning birinchi yordamchisi etib tayinlangan. Shartnoma imzolash marosimi klub ofisida bo‘lib o‘tgan.

«Fenerbahche» rahbariyati 120 yillik yubiley mavsumida Kuytning tajribasi jamoaga chempionlik uchun kurashda yordam berishiga umid qilmoqda.

«Dirk Kuyt futbolchilik faoliyati davomida klubimizning chempionligida muhim rol o‘ynagan va fidoyiligi bilan muxlislar mehrini qozongan edi. U uyiga qaytdi. Ba’zi rishtalar qaytadan yaratilmaydi — ular hech qachon uzilmaydi. Xush kelibsan, Dirk Kuyt», — deyiladi «Fenerbahche» bayonotida.

Ma’lumot uchun, Dirk Kuyt 2012–2015 yillarda «Fenerbahche» safida to‘p tepgan va Turkiya chempionati g‘olibiga aylangan. Faoliyati davomida u «Feyenoord», «Liverpul» va Niderlandiya milliy jamoasi safidagi o‘yinlari bilan ham katta shuhrat qozongan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
Bugungi yangiliklar