Bugun
6
O'zbek

«Chelsi» Disasi uchun narx belgiladi

Futbol
24 iyun, 11:13
Fransiyalik himoyachiga «Roma» qiziqish bildirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Chelsi» Disasi uchun narx belgiladi
Foto: Getty Images

«Chelsi» himoyachisi Aksel Disasi yozgi transferlar oynasida London klubini tark etishi mumkin.

Jurnalist Mirko Di Natalening xabar berishicha, fransiyalik futbolchiga Italiyaning «Roma» klubi qiziqish bildirmoqda. Rimliklar so‘nggi soatlarda futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgan.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi» 27 yoshli markaziy himoyachini 25 million yevroga baholamoqda.

Disasi 2023 yilda «Monako»dan 45 million yevro evaziga «Chelsi» safiga qo‘shilgandi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

2025/26 yilgi mavsumning ikkinchi qismini futbolchi ijara asosida «Vest Hem» safida o‘tkazdi. U barcha musobaqalarda 17 ta bahsda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Aksel Disasining bozor qiymatini 15 million yevroga baholagan. Fransiyalik himoyachi faoliyati davomida «Reyms», «Monako» va «Chelsi» klublarida to‘p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar