Bugun
6
O'zbek

Alvares Barselonadan ikkita uy tanlab qo‘ydi

Futbol
25 iyun, 10:45
Argentinalik hujumchi Kataloniyaga ko‘chishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Alvares Barselonadan ikkita uy tanlab qo‘ydi
Foto: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares «Barselona»ga ehtimoliy transferi oldidan Kataloniyadan ikkita uy tanlab qo‘ygan.

Jurnalist Ernan Kastilyoning xabariga ko‘ra, uylarning biri futbolchining o‘zi uchun, ikkinchisi esa Argentinadan ko‘chib kelishi kutilayotgan oila a’zolari uchun mo‘ljallangan.

Manbaga ko‘ra, ayni vaqtda «Barselona» va «Atletiko» Alvaresning transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Shuningdek, 25 yoshli hujumchi allaqachon «Barselona» safiga qo‘shilishga rozilik bergan va faoliyatini faqat kataloniyaliklar safida davom ettirishni istamoqda.

Hozirda Xulian Alvares Argentina milliy jamoasi bilan JCH-2026 bahslarida ishtirok etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar