Bugun
6
O'zbek

Oyarzabal «Barselona» haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Futbol
25 iyun, 05:45
Ispaniyalik hujumchi bor e’tiborini Jahon chempionatiga qaratganini aytdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Oyarzabal «Barselona» haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

«Real Sosyedad» va Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi Mikel Oyarzabal «Barselona»ga ehtimoliy transferi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

«Agar men haqimda gapirishayotgan bo‘lsa, demak, hammasini to‘g‘ri qilayotgan ekanman. Ammo bunga ortiqcha e’tibor bermayman va vaqt ham sarflamayman. Hozir barcha e’tiborim ushbu Jahon chempionatiga va jamoamga imkon qadar ko‘proq foyda keltirishga qaratilgan», — dedi Oyarzabal Mundo Deportivo nashriga.

Avvalroq OAVda «Barselona» hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Oyarzabalni Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresga muqobil variant sifatida ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Oyarzabal o‘tgan mavsum «Real Sosyedad» safida 40 ta bahsda maydonga tushib, 18 ta gol va 4 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million yevroga baholagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya Ispaniya
Bugungi yangiliklar