Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo rahbariyatdan yozgi transferlar vaqtida tarkibni kuchaytirishni so‘ramoqda.
MARCA nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis jamoaga ikkita yangi futbolchi olib kelinishini istamoqda. Mourinyo markaziy himoyachi va Luka Modrich uslubidagi markaziy yarimhimoyachi transfer qilinishini talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyo joriy yozda «Real» bosh murabbiyi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda Alvaro Arbeloaning o‘rnini egalladi.
O‘tgan mavsum madridliklar birorta ham sovrin yuta olmadi. Jamoa La Ligada ikkinchi o‘rinni egallab, chempion «Barselona»dan 2 ochkoga ortda qoldi.
Ma’lumot uchun, Luka Modrich 2025 yil yozida «Real»ni tark etgan edi. Madrid klubi hozirda xorvatiyalik afsonaviy yarimhimoyachining o‘rnini to‘ldira oladigan futbolchini izlamoqda.