Bugun
6
O'zbek

Klublar o‘rtasidagi JCH 48 ta jamoagacha kengaytirilishi mumkin

Futbol
25 iyun, 08:15
FIFA turnir ishtirokchilari sonini oshirishni rejalashtirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Klublar o‘rtasidagi JCH 48 ta jamoagacha kengaytirilishi mumkin
Foto: Getty Images

FIFA 2029 yildan boshlab Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32 tadan 48 tagacha oshirishni rejalashtirmoqda.

The Guardian nashrining xabariga ko‘ra, bunga FIFA va Yevropa klublari uyushmasi (EFC) o‘rtasida erishilgan yangi hamkorlik kelishuvi sabab bo‘ladi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar turnirni tashkil etish va uning tijoriy rivojlanishi bilan shug‘ullanadigan qo‘shma korxona tuzishga kelishib olgan. Bu hamkorlik musobaqani kengaytirish jarayonini tezlashtirishi kutilmoqda.

2025 yilgi turnirda Yevropadan 12 ta klub qatnashgan bo‘lsa-da, «Liverpul», «Barselona» va «Napoli» kabi jamoalar ishtirok eta olmagandi. Amaldagi saralash tizimiga ko‘ra, Chempionlar ligasi g‘oliblari, UEFA reytingidagi eng yaxshi klublar va har bir mamlakatdan ko‘pi bilan ikki jamoa qatnashishi mumkin.

EFC ushbu cheklovni bekor qilish tarafdori. Agar o‘zgarishlar tasdiqlansa, Angliyadan «Arsenal», «Liverpul» va «Manchester Siti» kabi klublar uchun qo‘shimcha yo‘llanmalar ochilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, FIFA yangi formatdagi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini ilk bor 2025 yilda 32 ta jamoa ishtirokida o‘tkazgan edi. Endilikda musobaqa ko‘lamini yanada kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
Bugungi yangiliklar