Bugun
6
O'zbek

Klopp murabbiylikka qaytishi mumkinligini istisno etmadi

Futbol
25 iyun, 09:36
Germaniyalik mutaxassis kelajagi borasidagi savolga qiziqarli javob berdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Klopp murabbiylikka qaytishi mumkinligini istisno etmadi
Foto: Getty Images

«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp kelajakda yana murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkinligini aytdi.

Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida undan Madridning «Real» klubini boshqarish ehtimoli haqida so‘raldi. Germaniyalik mutaxassis bu savolga aniq javob berishdan bosh tortdi.

«Agar hozir bu savolga javob bersam, avval aytgan barcha gaplarimning ahamiyati qolmaydi. Hozir u yerda Joze Mourinyo ishlayapti va bu normal holat. Shuning uchun izohsiz», — dedi Klopp Gazzetta dello Sport nashriga.

59 yoshli mutaxassis murabbiylikka qaytish ehtimoli haqida ham fikr bildirdi.

«Har kuni mashg‘ulot qilaman, sport zaliga boraman... Jiddiy aytsam, buni vaqt ko‘rsatadi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp hozirda Red Bull kompaniyasining futbol yo‘nalishi rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda. U 2024 yilda «Liverpul»ni tark etganidan beri hech bir klubni boshqarmagan.

Bugungi yangiliklar