Bugun
6
O'zbek

Neymar: «Vinisius hozir Braziliyaning asosiy futbolchisi»

Futbol
25 iyun, 10:30
Tajribali hujumchi jamoadoshining ajoyib sport formasini alohida e’tirof etdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Neymar: «Vinisius hozir Braziliyaning asosiy futbolchisi»
Foto: Getty Images
24.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Shotlandiya Shotlandiya 0 : 3 Braziliya Braziliya

Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Neymar Vinisius Juniorning jamoa uchun tutgan o‘rni haqida fikr bildirdi.

JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida Braziliya Shotlandiyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda Vinisius dubl muallifiga aylandi, Neymar esa 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 2023 yildan beri milliy jamoa safidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.

«Muxlislar va atrofimdagi barcha meni qo‘llab-quvvatlayotganidan xursandman. Ammo bundan ham muhimi, jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatayotganidir.

Vinining hozirgi sport formasidan juda xursandman. U bugungi kunda Braziliya terma jamoasining asosiy futbolchisi. Vinisius ajoyib formada, bizga yordam bermoqda va o‘yinlar taqdirini hal qilmoqda. Bu jamoamiz uchun juda muhim.

Endi oldinda pley-off bahslari turibdi. Asosiy maqsadimizga erishish uchun g‘alaba qozonishda davom etishimiz kerak», — dedi Neymar.

Ma’lumot uchun, Vinisius Junior JCH-2026 guruh bosqichida 4 ta gol va 1 ta assist qayd etib, turnirning eng sermahsul futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shotlandiya Shotlandiya
  • Braziliya Braziliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar