Bugun
6
O'zbek

Rasman: «Real» Niko Pasni ortga qaytarmoqda

Futbol
25 iyun, 11:13
Madrid klubi «Komo» bilan tuzilgan qayta sotib olish bandini faollashtirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Rasman: «Real» Niko Pasni ortga qaytarmoqda
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi Niko Pas bo‘yicha qayta sotib olish huquqidan foydalanganini rasman «Komo»ga ma’lum qildi.

Mashhur insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» 9 million yevrolik o'ziga xos bandini ishga tushirdi va argentinalik yarimhimoyachini o‘z safiga qaytarmoqda.

Shuningdek, «Real» «Komo»ga dushanba kunigacha futbolchini 60 million yevro evaziga yana sotib olish imkoniyatini taqdim etgan.

Agar Italiya klubi bu imkoniyatdan foydalanmasa, Niko Pas kelasi hafta rasman «Real» safiga qaytadi. Shundan so‘ng madridliklar uni yanada yuqori narxda boshqa klubga sotish variantlarini ko‘rib chiqadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar