«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh Saudiya Arabistoni klublarining qiziqishiga qaramay, faoliyatini Angliyada davom ettirishga qaror qildi.
talkSPORT xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi Jahon chempionatidan oldin klub rahbariyati bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazmagan. Shunga qaramay, u jamoadoshlari va yaqinlariga «Manchester Yunayted»da qolish niyatida ekanini ma’lum qilgan.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik yarimhimoyachi kamida yana bir mavsumni «qizil iblislar» safida o‘tkazmoqchi.
Fernandesh 2020 yilning yanvar oyidan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsum u barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 22 ta assist qayd etdi.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Brunu Fernandeshning transfer qiymatini 35 million yevroga baholagan. U «Manchester Yunayted»ning asosiy yetakchilaridan biri va jamoa sardori hisoblanadi.