Germaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jamal Musiala JCH-2026 guruh bosqichining so‘nggi turida Ekvadorga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi.
Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga ko‘ra, bu qaror futbolchining o‘zi va bosh murabbiy Yulian Nagelsmann o‘rtasidagi kelishuv asosida qabul qilingan.
23 yoshli yarimhimoyachiga o‘yin yuklamasini boshqarish maqsadida dam beriladi.
Manbaga ko‘ra, Musialaning o‘rnini asosiy tarkibda «Shtutgart» yarimhimoyachisi Deniz Undav egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya JCH-2026 pley-off bosqichiga muddatidan oldin yo‘l olgan uchinchi terma jamoaga aylangandi. Nemislar ikkinchi turda Kot-d’Ivuarni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.