Madridning «Real» klubi Dortmundning «Borussiya» jamoasi himoyachisi Niko Shlotterbekni transfer qilish ustida ish boshladi.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» 26 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.
Avvalroq Shlotterbek jarohat olib, JCH-2026ni muddatidan oldin tark etgandi. Shundan so‘ng «Real» transfer bo‘yicha qisqa tanaffus qilgan, biroq futbolchini sotib olish rejasidan voz kechmagan.
Manbaga ko‘ra, kelasi bir necha hafta ushbu transferning amalga oshishi yoki bekor bo‘lishi masalasida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shlotterbek o‘tgan mavsum «Borussiya» Dortmund safida barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Niko Shlotterbek Germaniya milliy jamoasining asosiy himoyachilaridan biri hisoblanadi. Transfermarkt portali uni Yevropaning eng istiqbolli markaziy himoyachilaridan biri sifatida baholaydi.